Amerika harbiylari Suriya şimoli-şarqidagi Xaseke viloyatida joylaşgan Tell-Baydar qişloği hududidagi harbiy bazani tark etdi. Bu haqda SANA agentligi xabar berdi.
Avvalroq Al-Mayadeen telekanali Amerika qöşinlari Ayn-al-Arab (Kobani) şahridagi bazani tark etişgani haqida ma'lum qilgandi. Öz navbatida Rossiya mudofaa vazirligi AQŞ harbiylari Dadat aholi maskanidagi harbiy bazadan ketişgani haqida xabar berdi.
9 oktabr kuni Turkiya qurolli kuçlari kurd qurolli tuzilmalarini siqib çiqariş uçun Suriya şimoli-şarqida "Tinçlik buloği" operatsiyasini boşladi. Turkiya aviatsiyasi öşa kuni ikki davlat çegarasidagi Ras-al-Ayn va boşqa şaharlarga zarba berdi. Keyinroq esa yerusti operatsiyasi boşlanganligi e'lon qilindi.
12 oktabr kuni Turkiya mudofaa vazirligi Ras al-Ayn şahri, yakşanba kuni esa Anadolu agentligi Tell-Abyad şahri turk harbiylari va Suriya qurolli muxolifati nazoratiga ötganini xabar qildi.













