Afğonistonda AQŞ harbiy xizmatçisi va fuqarolik mutaxassisi halok böldi. Pentagonning xabar qilişiça, ular qarşi tomon bilan töqnaşuvda olingan jarohatlar natijasida hayotdan köz yumgan. Bu haqida RIA “Novosti” ma'lum qildi.
Manbaga köra, AQŞ Mudofaa vazirligining Harbiy zaxiralar markazi xodimlari - 26 yoşli serjant Dugla Rini va 40 yoşli Maykl Sauro 20 oktabr, payşanba kuni Qobul şahrida halok bölgan.
Voqea tafsilotlari keltirilmagan.
Bu sönggi kunlarda amerikaliklar halok bölgan ikkinçi holat ekanligi ta'kidlanmoqda.
Bundan oldinroq, Iroqning Mösul şahri uçun janglarda ham amerikalik harbiy halok bölgani xabar qilingandi.












