Iroq taşqi işlar vaziri Fuad Husayn AQŞ qöşinlari olib çiqib ketilganidan keyin ham ikki davlat örtasida harbiy sohada hamkorlik davom etişini ma'lum qildi.

«Iroqdan olib çiqiladigan 500 nafar askar boşqa koalitsiya kuçlari emas, balki aynan AQŞ askarlari. Şunday qilib, Iroqda 2 500 amerikalik askar qoladi. AQŞ bilan hamkorligimiz harbiy, xavfsizlik, razvedka ma'lumotlarini almaşiş, havo hujumidan mudofaa kuçlarimizni tayyorlaş va jihozlaş sohalarida davom etadi.

AQŞ qöşinlarini olib çiqişning törtinçi bosqiçiga yetib keldik. Keyingi bosqiçda AQŞning Iroqdagi harbiy iştiroki butunlay yakunlanadi. Iroqdagi amerikalik askarlar bu yerda jang olib bormaydi, balki harbiy öquv maşğulotlarida qatnaşib, maslahatlar berib boradi», degan AQŞning Iroqdan öz qöşinlarini olib çiqib ketişiga töxtalgan Husayn.

AQŞ mudofaa vaziri örinbosari Kristofer Miller AQŞ 2021 yil 15 yanvargaça Afğoniston va Iroqdagi qöşinlar sonini 2 500 kişigaça kamaytirişini ma'lum qilgan edi.