Özbekiston tijorat banklaridan 100 AQŞ dollarigaça xarid qilmoqçi bölgan şaxslardan şaxsini tasdiqlovçi hujjat talab qilinmaydigan böldi. 

Tijorat banklarida jismoniy şaxslar bilan valuta ayirboşlaş operatsiyalarini amalga oşiriş tartibi töğrisidagi Nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Mazkur özgartiş Adliya vazirligida 3029-3 raqamda röyxatga olingan. 

Kiritilgan özgartirişlarga muvofiq, endilikda valuta ayirboşlaş şoxobçalari tomonidan rezident jismoniy şaxslarga ekvivalenti 100 AQŞ dollari va ungaça bölgan miqdordagi naqd çet el valutasini sotişda pasport talab etilmaydi.

Hozirga qadar miqdoridan qat'inazar naqd çet el valutasini sotişda pasport talab qilinar edi. 

Ma'lumot uçun, rezident bu - Özbekistonda davlat röyxatidan ötgan yuridik şaxs hamda Özbekistonda doimiy yaşab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr içida jami 183 kun va undan ortiq muddat Özbekistonda turgan jismoniy şaxsdir.