Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroşenko va uning atrofidagilar Viktor Yanukoviçning atrofidagilardan olib qöyilgan 1,5 mlrd dollarni özaro bölişib olgan. Bu haqda kelib çiqişi ukrainalik bölgan amerikalik milliarder va AQŞ prezidenti Donald Trampning ştatdan taşqari maslahatçisi Sem Kislin ma'lum qildi.
"Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukoviçning atrofidagilardan musodara qilingan qariyb 1,5 mlrd dollar pulni Pyotr Poroşenko va uning yaqinlari bölişib olgan", - deya Kislindan iqtibos keltiradi "112 Ukraina".
Uning sözlariga köra, "bu pullar Yanukoviçga emas, boşqalarga tegişli bölgan".
Kislinning aytişiça, bu pullar Ukraina budjetiga ötkazilmagan. 503 mln dollar Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibining sobiq örinbosari Oleg Gladkovskiy orqali Poroşenko hisobiga ötkazilgan. 300 mln dollar sobiq boş prokuror Yuriy Lutsenkoga, yana 20 mln dollar milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi sobiq kotibi Aleksandr Turçinov hisobiga ötkazilgan.
Kislin bu sözlarini hujjat bilan tasdiqlaşi mumkinligini bildirdi.
Avvalroq Kislin Poroşenko prezidentlik yillari davomida mamlakatdan kamida 8 mlrd dollar mablağni olib çiqib ketganligini aytgandi.












