Turkiya taşqi işlar vazirligi Yevroparlamentning “Tinçlik buloği” operatsiyasi sababli Anqaraga qarşi sanksiyalar kiritiş töğrisidagi rezolyutsiyasini qat'iy rad etdi.

"Biz YePning “Tinçlik buloği” operatsiyasiga nisbatan tutgan pozitsiyasini tölaligiça inkor qilamiz. Özida muntazam ravişda terrorçilarni qabul qiladigan parlamentning bu qarori bizni ajablantirmadi", - deyiladi Turkiya TIV bayonotida.

Bayonotda terrorçi deyilganida YeIda yaşayotgan kurd siyosatçilari nazarda tutilgan bölib, Anqara ularni Turkiyada faoliyati taqiqlangan Kurdiston işçilar partiyasi bilan aloqador deb hisoblaydi.

Turkiya TIVning bildirişiça, YeP "dunyodagi voqealarni yetarliça kuzatmayapti, hodisalarni xolis baholay olmayapti va oqibatda samarali va töğri strategiya işlab çiqişga qodir emas". 

Avvalroq Yevroparlament harbiy operatsiya boşlagani uçun "Turkiyaga qarşi tegişli va maqsadli iqtisodiy çoralar köriş" töğrisida rezolyutsiya qabul qilgandi.