Meyson 1980 yilda Aydaxo ştatida sodir etgan hujumi uçun qidirilgan. Öşanda u barni tunaşi vaqtida 3 kişi jabrlangan. U bir ayolning yuziga tömtoq buyum bilan zarba bergan, boşqa bir kişini töpponça bilan yelkasiga urgan, yana bir kişini boşiga öq uzib öldirgan.

Öşanda Meyson 47 yoşda bölgan. Uni FQB, okrug şerifi va ştatning baliqçilik va ovçilik xöjaligi departamenti qidirganiga qaramay, u yaşirinişga muvaffaq bölgan va şundan keyin joriy oktyabrgaça qadar uni heç kim uçratmagan.

39 yildan keyin Meyson Texas ştatida topilgan. U özini Uolter Jyeyms Ellison sifatida taniştirgan, biroq uning şaxsi barmoq izlari yordamida tasdiqlangan. Hozirda 86 yoşda bölgan erkak öz aybini tan olişdan boş tortgan. Ayni vaqtda jinoyatçi Aydaxoga yetkazilib, u yerda qotillik ayblovi böyiça sud oldida javob berişi kutilmoqda.