21 oktabr kuni yurtdoşimiz uşbu tibbiyot muassasasida vafot etdi.

Boş konsulxona vaziyatni nazoratga oldi. Uşbu holat yuzasidan jinoiy iş qözğatildi. Marhumning yaqinlariga konsullik-huquqiy va taşkiliy masalalarni hal qilişda yordam körsatildi. 

25 oktabr kuni hamyurtimizning jasadi Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi mablağlari hisobidan vatanga yuborildi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildiradi va Rossiyaning Volgaböyi federal okrugi (Boşqirdiston, Mariy El, Mordoviya, Tatariston, Udmurtiya, Çuvaşiya Respublikalari, Nijyegorod, Orenburg, Penza, Samara, Saratov, Ulyanov viloyatlari, Perm ölkasi) hududidagi hamyurtlarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Qozon şahridagi Boş konsulxonasiga +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65 telefonlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötadi.