2019 yilning 1-8 oktabr kunlari “Keksalar haftaligi” doirasida 1874 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj nuroniylar, şu jumladan, harakat qilişi çeklangan va yotoq holdagi keksa bemorlar nevrolog, otorinolaringolog, urolog, oftalmolog, endokrinolog, kardiolog, terapevt  va boşqalar tomonidan çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazildi. Qariyalarga Soğliqni saqlaş vazirligi hamda “Soğlom avlod uçun” xalqaro xayriya fondi tomonidan 1,22 mlrd sömlik 15 turdagi zaruriy dorilar bepul taqdim etildi.

“Keksalar haftaligi”tadbirlari yakunlangan bölsa-da, keksalar va nuroniylarga e'tibor körsatiş, ularning muammolarini manzilli örganiş hamda hal etiş işlari davom etmoqda. Çilonzor tumani “Katta Qozirobod” mahallasida ana şunday tadbirlardan biri taşkillaştirildi. Unda asosiy e'tibor keksalar, kam ta'minlangan, boquvçisini yöqotgan va özgalar kömagiga muhtoj insonlarga manzilli yordam körsatişga qaratildi.

Tadbir davomida 361 nafar fuqaro tibbiy körikdan ötkazilib, ularning 137 nafariga aniqlangan xastaliklar böyiça 15 turdagi zaruriy dori-darmon va gigiyenik vositalar taqdim etildi. Harakatlaniş imkoniyati çeklangan keksalar uylarida çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazildi, doimiy şifokor nazoratiga muhtoj fuqarolar röyxati şakllantirildi va soğlomlaştiriş işlarini olib boriş uçun statsionar davolaniş böyiça tuman tibbiyot birlaşmasiga tavsiya etildi.

Tadbir mobaynida mutaxassislar tomonidan keksalar orasida soğlom turmuş tarzi va jismoniy tarbiya bilan şuğullanişni tarğib qilindi. Yod tanqisligi va boşqa kasalliklar haqida atrofliça ma'lumot berildi.

Tadbirda Özbekiston Prezidentining Toşkent şahridagi Xalq qabulxonasi mudiri Tohir Mullajonov, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi raisi örinbosari Botir Parpiyev, Çilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametov va boşqa mutasaddilar iştirok etdi.