Rossiya 2018 yil may oyidan 2019 yil apreligaça Venesuelaga 315 mln dollar naqd pul jönatgan. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. Pullar dollar va yevroda 6 ta aviareys bilan jönatilgan va Bandes bankiga tuşgan.  

Ta'kidlanişiça, valutani “Yevrofinans Mosnarbank” Rossiya-Venesuela banki va “Gazprombank” jönatgan. Ma'lum qilinişiça, bu pullar Venesuela xorijda saqlagan valuta hamda neft va oltin uçun tölov yoki “Yevrofinans Mosnarbank” dividendlari bölgan bölişi mumkin.

Bloomberg ma'lumotlariga köra, 2018 yil may va iyulida 55 mln dollardan 2 ta reys, 2019 yil yanvarida “Gazprombank”dan yana 2 ta reys (50 mln va 113 mln dollar) amalga oşirilgan. Aprelda “Yevrofinans Mosnarbank”ning 97 mln dollar pul yetkazgan yana 2 ta reysi qayd qilingan.  

Venesuela hukumatidagi manba Karakas “Yevrofinans Mosnarbank” bilan boğliq pullarni olganini ma'lum qilgan. Boşqa tafsilotlar oşkor qilinmagan.