Şu yilning 18-28 oktabr kunlari KXDR poytaxti Pyongyang şahrida bölib ötgan ösmirlar va yoşlar örtasidagi Osiyo çempionatida mazkur maktab-internatning 4 nafar yoş sportçisi Özbekiston şarafini munosib himoya qilib, şohsupaga çiqişdi.

Jumladan, Azimjon Hoşimov 3ta oltin, Doniyor Hamidov 3ta oltin va bitta bronza, Oğabek Töxtayev bittadan oltin, kumuş va bronza, Hojiakbar Olimov 2ta bronza medallarini qölga kiritdi.



Uşbu sportçilar özlari ta'lim olayotgan maskanda qizğin kutib olindi. Tadbirda sözga çiqqanlar ularni nufuzli musobaqada iştirokini ta'minlagani uçun Samarqand viloyat hokimligi, viloyat sport işlari boşqarmasi va homiylarga minnatdorçilik bildirib ötişdi.

«Keyingi oylarda maktab-internatimizda ta'lim olayotgan yoşlar jahon va qit'a maydonlarida yuqori natijalarni körsata boşlaşdi. Oğir atletikadan yuqori natijalarni qölga kiritgan uşbu sportçilarimizdan taşqari, Loçin Xudoyqulov va Nodira Gulova 12-15 sentabr kunlari Hindiston poytaxti Dehli şahrida ötkazilgan Osiyo çempionatida 2ta oltin, A'zam Raşidov kumuş, Oğabek Tirkaşev bronza medallarini olib kelişdi.
9-16 sentabr kunlari BAAda ötkazilgan boks böyiça ösmirlar örtasidagi Osiyo çempionatida Iqboljon Qudratov bronza medaliga sazovor böldi», — deydi maktab-internat direktori örinbosari, dzyudo böyiça jahon çempioni Ötkir Qurbonov.




Tadbirda sportçilar özlarining taassurotlari va ğoliblik sari qilgan mehnatlari bilan örtoqlaşişdi. Ularga qimmatbaho esdalik sovğalari topşirildi.
Öz muxbirimiz.












