Oğir atletika böyiça Özbekiston jamoasi aʼzosi Akbar Jörayev Xitoyning Ninbo şahrida ötkazilgan jahon çempionatida oltin medalni qölga kiritdi. -110 kg vazn toifasida iştirok etgan Jörayev bu turnirda tört karra jahon çempioniga aylandi.

U dastlab dast kötariş maşqida 198 kg bilan jahon rekordini örnatdi. Bungaça uşbu vazn toifasidagi rekord natija (197 kg) 2026-yilgi Osiyo öyinlari vaqtida Jörayevning özi tomonidan qayd etilgandi.

Akbar siltab kötarişda 234 kg natija qayd etdi va umumiy 432 kg bilan jahon çempionligini rasmiylaştirdi.

Uning ikki kuraşdagi 432 kg natijasi ham mazkur yönalişdagi yangi jahon rekordiga aylandi. Bundan oldingi rekord natija (428 kg) ham Jörayevning özi tomonidan 2025-yil oktabrida Norvegiyaning Fyorde şahridagi jahon çempionatida örnatilgandi.

Olimpiya qömitasi qayd etişiça, Xitoydagi turnir 2028-yil Los-Anjelesda bölib ötadigan Olimpiada uçun qimmatli reyting oçkolarini taqdim etdi. U 2 ta jahon rekordi bilan qöşimça bonus oçkolariga ham ega bölmoqda.

Maʼlumot uçun, Akbar Jörayev tört karra jahon çempioni bölişdan taşqari 2024-yilgi Parij Olimpiadasi ğolibi, ikki karra Osiyo çempioni va Osiyo öyinlari ğolibi sanaladi.