Özbekiston milliy jamoasi Toşkentda Qirğiziston milliy jamoasiga qarşi örtoqlik öyinini ötkazib, 3:1 hisobida işonçli tarzda ğalaba qozondi. 

Boş murabbiy Vadim Abramov maydonga eksperimental tarkibni tuşirdi. Maqsad – milliy jamoaning yaqin zaxirasini sinovdan ötkaziş ekani körinib turdi.

Birinçi bölimda hamyurtlarimiz ustunligi sezilib turdi. 11-daqiqadayoq Igor Sergeyev hisobni oçdi. Öng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan töpni darvozabon Pavel Matyaş uşlab qololmadi. Natijada Igor böş qolgan darvozani osonlikça işğol etdi.

Şundan söng, öyin sur'ati biroz pasaydi. Qirğiziston milliy jamoasi ham faollaşib qoldi. 30-daqiqada esa hisob tenglaşdi. Burçak zarbasidan oşirilgan töpni qaytarişda himoyaçilarimiz xatoga yöl qöyişdi. Natijada Farxod Musabekov uni darvozaga yöllaşga erişdi.

Ikkinçi bölimda Vadim Abramov maydonga Ikrom Aliboyev, Dostonbek Hamdamov va Rustam Aşurmatovni tuşirdi. Öyin yönalişi esa özgarmadi – taşabbus milliy jamoamizda qoldi. 53-daqiqada ustunlik golga aylandi. Odil Ahmedov tomonidan oşirilgan töpni Dostonbek Hamdamov jarima maydoni içida qabul qilib oldi va darvozaga kiritdi.

80-daqiqada Dostonbek Hamdamov assistent vazifasini bajardi. Uning jarima maydoniga oşirgan töpini Jamşid Iskanderov kuçli zarba bilan çiroyli tarzda darvozaga joyladi va yakuniy natijaning 3:1 bölişini ta'minladi.       

Özbekiston milliy jamoasi navbatdagi öyinni 14 noyabr kuni Toşkentda JÇ-2022 saralaşi doirasida Saudiya Arabistoniga qarşi ötkazadi.

Örtoqlik öyini
9 noyabr, Toşkent, «Paxtakor» stadioni
ÖZBeKISTON – QIRĞIZISTON 3:1 (1:1)
Gollar: Igor Sergeyev (11), Dostonbek Hamdamov (53), Jamşid Iskanderov (80) – Farxod Musabekov (30)
Boş hakam: Bastian Dankert (Germaniya).
Yordamçi hakamlar: Yan Zaydel (Germaniya), Rene Rode (Germaniya).
Zaxira hakami: Ilgiz Tantaşev (Özbekiston).
Özbekiston: 1.Eldorbek Suyunov, 14.Şarof Muhitdinov, 20.Islom Töxtaxöjayev (Rustam Aşurmatov 46), 9.Odil Ahmedov, 15.Murod Xolmuhammedov (Hojiakbar Alijonov 64), 7.Odil Hamrobekov (Lutfulla Törayev 59), 2.Abror Ismoilov (Ikrom Aliboyev 46), 13.Sanjar Qodirqulov, 4.Xurşid Ğiyosov (Jamşid Iskanderov 70), 19.Azizbek Turğunboyev (Dostonbek Hamdamov 46), 21.Igor Sergeyev.
Boş murabbiy: Vadim Abramov
Qirğiziston: Pavel Matyaş, Odiljon Abduraxmanov, Mustafa Yusupov, Tamirlan Qöziboyev, Akramjon Umarov (Azamat Boymatov 75), Bekjan Saginbayev, Edgar Bernxardt, Farxod Musabekov, Guljigit Aliqulov, Mirlan Murzayev, Vitaliy Lyuks (Mirolim Axmedov 9).
Boş murabbiy: Aleksandr Krestinin
Ogohlantiriş: Odiljon Abduraxmanov (10)