Transport vazirligida Yaponiya xorijiy temir yöl tizimlari assotsiatsiyasi (JORSA) ijroçi direktori T.Murasaki boşçiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uçraşuv bölib ötdi.
Mamlakatning tegişli taşkilot va kompaniyalari bilan özaro hamkorlik aloqalarini örnatiş, Özbekiston bozor imkoniyatlari bilan yaqindan tanişiş maqsadida taşrif buyurgan uşbu delegatsiya tarkibidan Hitachi Rail Europe, Kyosan Electric Mfg, Mitsubishi Electric Corp., The Nippon Signal, Toshiba International, Marubeni, Mitsui, Sojitz, Sumitomo kabi Yaponiyaning eng yirik kompaniyalari vakillari örin olgan.
Uçraşuvda transport tizimi, xususan, temir yöl transporti sohasida istiqbolli hamkorlik munosabatlarini yölga qöyiş masalalari muhokama etildi. Bunda Yaponiya tomoni özining eng ilğor texnologiyalari bilan uşbu sohani rivojlantirişga qaratilgan loyihalarda iştirok etişga tayyor ekanligini bildirdi.
Yaponiya kompaniyasi Toşkentda eskirgan quvurlarni yerdan çiqarmay turib ta'mirlaş böyiça taklif berdi











