Bugun, 14 noyabr kuni, Oliy Majlis Qonunçilik palatasida «2020 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi qonun loyihasi muhokamasiga bağişlangan majlis bölib ötdi.

Unda parlament tarixida bu yil ilk marta Davlat budjeti qonun sifatida qabul qilinayotgani alohida ta'kidlandi. Respublikaning boş moliyaviy hujjatini taqdim etiş amaliyotda birinçi marta «2020 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi qonun loyihasi va 2020-2022 yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning asosiy yönalişlari prognozi berilmoqda.

Majlisda moliya vaziri Jamşid Qöçqorov uşbu qonun loyihasi mohiyati töğrisida ma'ruza qildi. Ta'kidlanişiça, 2020 yilda yalpi içki mahsulotning ösişi keyingi yillarda ijobiy dinamikasini saqlab qolgan va u 5,5 foiz bölişi kutilyapti. Sanoat işlab çiqarişi hajmi 6,5 foiz, quriliş 9,3 foiz, qişloq xöjaligi 4 foiz, xizmatlar sohasida 5,6 foiz köpayadi. Asosiy kapitalga investitsiyalar 10 foiz, tovarlar va xizmatlar eksporti va import 8 foiz ösadi.

Qonun loyihasi konsepsiyasiga köra, respublika budjeti Oliy Majlis tomonidan, mahalliy budjetlar esa mahalliy Kengaşlar tomonidan qabul qilinişi belgilanmoqda. Xarajatlar sohalar böyiça emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi.

Şuningdek, majlis davomida deputatlar Moliya vaziriga qonun loyihasi böyiça savollar bilan murojaat qilib, bir qança takliflar berişdi. Qonun loyihasi birinçi öqişda konseptual jihatdan qabul qilindi va ikkinçi öqişda qayta körib çiqişga qaror qilindi.