2026-yilning birinçi yarmida Özbekistonda konsolidatsiyalaşgan byudjeti tanqisligi YIMga nisbatan 0,7 foizni taşkil etdi. Bu haqda Boş vazir örinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov 15-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisida maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, hisobot davrida iqtisodiy ösiş 8,5 foizni taşkil etgan. Bunda bozor xizmatlari 16,9 foiz, quriliş 13,3 foiz, sanoat 8 foiz va qişloq xöjaligi 4,7 foizga oşgan.
Yanvar-iyun oylari davomida davlat byudjeti daromadlari 207 trln sömga yetgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 43,7 foizga yoki 63 trln sömga köp. Daromadlarning 149 trln sömi Soliq qömitasi tuşumlari, 41 trln sömi sömi esa bojxona tuşumlari hissasiga töğri keladi.
Birinçi yarim yillikda jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği böyiça tuşumlar 18,5 foizga, QQS böyiça tuşumlar 21 foizga, aksiz soliğidan tuşumlar 12 foizga, mol-mulk va yer soliqlari böyiça tuşumlar esa 25,5 foizga oşgan. Eng katta ösiş foyda soliği böyiça tuşumlarda kuzatilgan - 2,3 barobar. Bu oltin narxi prognoz qilinganidan yuqori bölgani hamda tannarxni pasaytiriş hisobiga korxonalarning moliyaviy natijalari yaxşilangani bilan izohlangan.
2026-yilning dastlabki 6 oyida davlat byudjeti xarajatlari qariyb 206 trln sömni taşkil etib, ötgan yilga nisbatan 32 trln sömga köpaygan.
Xususan, taʼlim sohasiga 49,5 trln söm ajratilgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 5,4 trln sömga köp. Şuningdek, soğliqni saqlaşga 23 trln (+2,8 trln), sportga 2 trlndan köproq pul yönaltirilgan.
Hisobot davrida qişloq va suv xöjaligiga 8 trln sömdan ortiq mablağ, nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiyalarga qariyb 7,3 trln söm ajratilgan.
Birinçi yarim yillik yakunlariga köra, konsolidatsiyalaşgan byudjet daromadlari 287,2 trln sömni, xarajatlari esa 301,2 trln sömni taşkil etdi. Byudjet defitsiti 13,9 trln söm yoki YIMga nisbatan 0,7 foiz darajasida şakllandi. Taqqoslaş uçun, 2025-yilning mos davrida taqçillik 32,6 trln söm va 1,8 foizni taşkil etgandi.

















