Joriy yilning 13 noyabr kuni Mirzo-Uluğbek tumani IIO FMBdan xabar kelib tuşgan, deb yozmoqda Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati.

Unga köra, 2018 yil 6 iyun kuni 39 yoşli muqaddam sudlangan N.A. va 46 yoşli H.N. 74 yoşli M.A.ga hamkorlikda biznes qilişni va'da qilib, uy qurilişi uçun pul kerakligini ma'lum qilişgan. 

Erkaklarga işongan ayol ularga jami 50 000 AQŞ dollari bergan. Ammo N.A. va H.N. va'dalarida turmasdan, pullarni öz ehtiyojlariga sarflab yuborişgan. 

Uşbu fakt asosida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) böyiça jinoiy iş qözğatildi.

“Hurmatli fuqarolar! Sizga “oltindan toğlar” va'da qilayotgan notaniş kişilarga işonişga şoşilmang. Unutmang, aksariyat hollarda firibgarlar öz xarajatlarini tez qoplaydigan biznes hamkorligini va'da qilib pullaringizni olişga intilişadi”, - deya eslatadi IIBB.