Umumiy örta ta'limda ona tilini öqitiş dasturlarini tubdan qayta körib çiqiş kerak, çunki hozir ötilayotgan qator mavzularni til malakasi sifatida amalda işlatib bölmaydi, deb hisoblaydi filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliyev.
Olimning bu boradagi mulohazalari quyida qisqaroq şaklda keltirib ötiladi.
Keraksiz mavzular
Tarixda ilm va olimlar turli tomondan tasnif qilingan. Jumladan, Abu Homid Ğazzoliy ilmlarni uçga: foydali, foydasiz va zararli ilmlarga bölgan.
Menimça ham, ona tili böyiça hosil qilinadigan malakani ikkiga ajratiş mumkin:
1) til jamiyatidan özlaştiriladigan malaka (fonetik va grammatik malaka);
2) maktabda egallanadigan malaka (imlo, punktuatsiya, leksika va b.)
Fonetika va grammatikaning imlo bilan boğliq jihatidagina ta'limga ehtiyoj sezamiz. Fonetika va grammatikaga doir bundan boşqa bilimlarni keraksiz bilim, deyiş mumkin. Şu asosda ona tili ta'limida «kerakli» (işlaydigan) va «keraksiz» (işlamaydigan) bilimni farqlaş lozim.
Ona tili darsliklariga yillar davomida kirib qolgan va «işlamaydigan», ta'limiga davlat mablaği, öquvçining vaqti va ota-onaning puli behuda sarflanayotgan bunday mavzularni qanday ajratamiz? Ayrim misollarni keltiraman:
1. Urğu bilan boğliq mavzular. Özbek tili – agglyutinativ til. Bunday tillarda grammatika juda rivojlangan, şuning uçun söz ma'nolarini urğu farqlamaydi va u nutqda sezilarsiz böladi (közlar – «köp köz»; közlar – «möljallar»). Uni ta'lim bilan rivojlantiriş imkonsiz. Özbek tilidagi söz urğusi qoidalar asosida aniqlanadi, nafaqat öquvçi, hatto öqituvçining özi ham uni topişda qiynalişining sababi ana şunda. Uni öqitişga heç qanday hojat yöq. Bu mavzu 1-sinfdan 11-sinfgaça taxminan 5 soat hajmida öqitiladi.
2. Söz yasalişi bilan boğliq mavzular. Til egalari nutqida söz yasamaydi, balki (tubmi, yasamami) tayyor sözdan foydalanadi. Söz yasamas ekanmiz, bu böyiça bilimlar ham işlamaydi. Demak, bu mavzu ta'limi ham keraksiz. Mavzu 1-sinfdan 11-sinfgaça taxminan 12 soat öqitiladi.
3. Sözlarning birikiş usullari (boşqaruv, moslaşuv, bitişuv) bilan boğliq mavzular. Oğzaki va yozma nutq uçun bu bilimlar ham mutlaqo işlamaydi. Qolaversa, mutaxassis sifatida ayta olamanki, bu mavzular rus tili grammatikasidan aynan köçirilgan, özbek tili tabiatiga sira ham mos emas. Bu mavzuga ham 1-sinfdan 11-sinfgaça taxminan 5 soat ajratilgan.
Yana juda köp misol keltiriş mumkin. Ammo fikrimizni asoslaş uçun uşbu dalillar yetarli.
Sovurilayotgan mablağlar
Mamlakat böyiça bir sinf uçun möljallangan «Ona tili» darsligi taxminan 500 ming nusxada çop etiladi. Demak, bir darslikni yilda şunça öquvçi öqiydi. Agar bir sinfda 30 nafar öquvçi öqisa, respublika böyiça taxminan 16 ming sinf bor. Har bir sinfda ötiladigan 1 soatlik mavzu uçun davlat xazinasidan 1 soatga mablağ tölanadi. 16 ming sinfda bir soatlik mavzu 16 ming soat böladi. Agar bir soatlik dars uçun öqituvçiga tölanadigan iş haqi örtaça 30 ming söm bölsa, 16 ming soatga taqriban 480,0 mln söm mablağ sarflanadi. Bundan kelib çiqadiki, faqat yuqorida keltirilgan «keraksiz» mavzularga bağişlangan 22 soatga taxminan 10 mlrd 560 mln söm ketadi.
Şunday qilib, «Ona tili» darsliklarini tahlil qiliş natijasida keraksiz, til malakasi uçun «işlamaydigan», faqat bilim sifatida qoladigan jami 312 soatlik mavzularni aniqladim.
Bu mavzular öquvçilarga bemisl oğir va ortiqça yuk bölayotir, öqituvçilarga esa behad katta taşviş tuğdirmoqda. Ular OTMga kiriş testlaridan boşqa heç narsaga yaramaydi (bular, albatta, mening şaxsiy fikrlarim va zarur bölsa, bu masalada mutaxassislar bilan bahslaşişga tayyorman).
Körinadiki, birgina «Ona tili» ta'limi foydasiz mavzulari bilan davlat ğaznasiga qançalik zarar keltiradi? Yana nazariy mavzularni «takrorlaş» uçun berilgan qançadan-qança mavzular, darsliklarda bu mavzularga ajratilgan sahifalar, öquvçining vaqt budjeti, soğligi, ota-onaning repetitorga qiladigan xarajatini ham hisobga olsak-çi?
Takliflar
Birinçidan, «Ona tili» darsliklarini ayovsiz «filtr»dan ötkazib, böş qolgan soatlarni ona tilidan zarur va hayotiy kompetensiya uçun «işlaydigan» bilim materiallari bilan töldiriş lozim.
Ikkinçidan, boşqa öquv predmetlarini ham şu yösinda taftiş qilib çiqiş zarur.
Bu – mablağlarning havoga sovurilişini töxtatişga va mamlakatimiz ravnaqi uçun har bir tiyinni oqilona sarflaşga olib keladi.
Baxtiyor Mengliyev,
filologiya fanlari doktori, professor.












