Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe boş vazir lavozimini egallaş böyiça Kunçiqar mamlakat tarixida rekord örnatdi.

Abening 2006-2007 yillarda ham boş vazir bölgani inobatga olinsa, u hukumatga 2887 kundan beri rahbarlik qilmoqda. Şu munosabat bilan Abe 20 noyabrda jurnalistlarga bu lavozimdagi faoliyatiga kiçik yakun yasadi.

“Hukumat har yil özgarganda, eng muhim siyosiy muammolar keyinga qolib ketavergan. Siyosatga barqarorlik beriş – xalq istagi böldi”, deb aytdi Abe. 

Yaponiya boş vazirining ta'kidlaşiça, u bir yil davom etgan özining birinçi boş vazirligidan saboq çiqargan, uning ma'muriyati saylovçilarning barqaror qöllab-quvvatloviga erişdi. 

Abe 2021 yil sentyabrgaça uşbu lavozimda qoladi.

Yaponiya boş vaziri uning oldida turgan eng muhim vazifalar orasida mamlakatni deflyatsiyadan çiqariş, tuğiş darajasining kamayişi muammosi, Ikkinçi jahon uruşidan keyin hal qilinmay qolib ketgan diplomatik muammolarni hal qiliş va mamlakat konstitutsiyasini isloh qilişni ta'kidlab ötgan.