Prezident Şavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni aholini ijtimoiy muhofaza qiliş sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.

«Davlatimiz rahbari hozirgi tizimni «şok terapiyasi» usulida isloh qiliş aholining har xil qatlamiga turliça ta'sir etişini alohida ta'kidlab, mutasaddilarga 2030 yilgaça aholini ijtimoiy muhofaza qiliş strategiyasini işlab çiqiş böyiça körsatmalar berdi.

Buning uçun 2020 yil birinçi yarmi yakunigaça aholini ijtimoiy muhofaza qiliş böyiça yangi tizimni har bir hududda eksperimentdan ötkaziş vazifasi qöyildi.

Yolğiz keksalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, yaşaş joyi bölmagan şaxslarni reabilitatsiya qiliş markazlari faoliyatini takomillaştiriş masalalariga ham e'tibor qaratildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yiğilişda, şuningdek, iste'mol savati va yaşaş minimumi haligaça joriy etilmagani tanqid qilindi, nogironligi bölgan şaxslarning işlaşi uçun şaroitlar yaratiş böyiça topşiriq berildi, uç darajali pensiya ta'minoti tizimiga ötiş zarurligi ta'kidlandi.