Samarqand şahridagi Forumlar majmuasida Invest in Samarkand I xalqaro investitsiya forumi bölib ötmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, forumda dunyoning 31 davlatidan 310dan ortiq işbilarmonlar, nufuzli kompaniyalar va investitsiya fondlari vakillari iştirok etyapti. Jumladan, Xitoy, Janubiy Koreya, Ispaniya, AQŞ, Italiya, Isroil, Rossiya, Yaponiya, Hindiston, Turkiya, Tojikiston, Afğoniston, Qozoğiston işbilarmonlari faol qatnaşmoqda.

Forumning oçiliş marosimida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov hamda investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov iştirokçilarni qutlab, mavjud investitsion salohiyat haqida töxtalib ötdi.


Ta'kidlanganidek, ilk bor ötkazilayotgan mazkur forumning maqsadi viloyat iqtisodiy salohiyatini yanada rivojlantiriş, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, investorlarni hudud imkoniyati va salohiyati bilan taniştirişga qaratilgan.

Mintaqada iqtisodiyot va sanoatning agrar sektori, turizm hamda boşqa xizmatlar jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Davlat tomonidan energetika va suv xöjaligi, transport, kadrlar tayyorlaş kabi sohalarga katta investitsiya kiritilmoqda. Qulay juğrofiy joylaşuv bilan bir qatorda, viloyat ma'danli mineral zaxiralari, xususan, oltin, uran, volfram, şuningdek, kaolin, kvars, granit, marmar kabi tabiiy mineral resurslar hamda quriliş materiallariga boy. Çet el kapitali iştirokidagi korxonalar uçun turli xil imtiyoz va preferensiyalar berilmoqda.
Forum doirasida Samarqand viloyati işlab çiqaruvçilarining Made in Samarkand milliy körgazmasi tadbirlari ham bölib ötmoqda.











