AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoyning “millionlab askarlari” norozilik namoyişlari bilan qamrab olingan Hongkongga kirişga tayyor turgani, biroq u Xitoy raisi Si Tszinpindan buni qilmaslikni iltimos qilgani uçun ular joyidan jilmayotganini aytdi.
“Agar men bölmaganimda, Hongkong 14 daqiqa içida yançib taşlanardi. Unda [Si Tszinpin] Hongkong ostonasida turgan million askar bor edi. Ular men qönğiroq qilib, “Iltimos, buni qilma. Sen katta xato qilmoqdasan, bu savdo kelişuviga katta ta'sir körsatişi mumkin”, deganim uçungina jilmayaptilar”, deb aytgan Tramp Fox News telekanali efirida.
Xitoy va AQŞ 16 oydan beri “savdo uruşi” holatida qolmoqda. Ikki davlat bir-birlarining tovarlariga bir neça marta bojlar örnatib, ularni oşirgan.
Hongkongda ekstraditsiya haqidagi qonun loyihasi sababli boşlangan norozilik namoyişlari iyundan beri töxtamayapti. Hozirgaça politsiya namoyişlarda iştirok etgan 4,5 ming kişini uşlagan, ulardan eng kiçigi 11 yoşda, 1,5 mingdan köproq kişi köçalarda olingan jarohatlar sababli şifoxonaga tuşgan, 400 dan köproq politsiyaçi jabrlangan.












