«Adolat» SDP markaziy kengaşi Toşkent şahar Yunusobod tumani «Minor» 50-okrugidan deputatlikka nomzod Rustam Umarov Sergeli tumanining nomini özgartirişni taklif qildi.
Nomzodning fikriça, tumanning atalişi asl nomidan uzoqlaşib, özgarib ketgan. Ya'ni Sirğali emas, Sergeli deb yuritilmoqda. Şuningdek, ommaviy axborot vositalari ham tuman nomini aksariyat hollarda Sergeli deb ataşi, avtobus va plakatlarda ham Sergeli deb yozilişi xato sanalib, özgartirişga asos deb bilmoqda.
Nomzod mana şu kamçiliklarni inobatga olib, tuman nomida yangiça dunyoqaraş va özgarişlarning negizi bölişi kerak, degan fikrni ilgari surgan.
«Sergeli — asli Sirğali ota tumanining nomi ruslaşib ketgan. Tuman nomini özgartirişni va zamonaviy davrga munosib nom berişni taklif etaman. Prezidentimiz taşabbusi va şijoatlarini inobatga olib, yelkadoş böliş har birimizning vatan ravnaqi yölidagi majburiyatimizdir. Şunday ekan, zamonaviy yoşlarimizning kelajagi va ona tilimizni sof holda saqlaş maqsadida uşbu tumanga Istiqbol deya nom berişni maqsadga muvofiq deb bilaman», deya nomzodning sözlarini keltirgan ÖzA.












