Toşkent şahar hokimligining Vaziyatlar markazida Sergeli tumani maktablarida joriy etilgan SI Davomat raqamli tizimi taqdimoti ötkazildi.
Tizim taʼlim sifatini oşiriş, öquv jarayonini muntazam tahlil qiliş va öquvçilar davomatini nazorat qilişga möljallangan. Loyiha maktablardagi jarayonlarni raqamlaştirişning birinçi bosqiçi sifatida taqdim etilmoqda.
SI Davomat darslarning taşkil etilişi, öquvçilar faolligi va öqitiş usullarini fanlar, sinflar hamda öqituvçilar kesimida muntazam tahlil qilib boradi. Olingan maʼlumotlar öqituvçilarni uslubiy qöllab-quvvatlaş, taʼlim sifatini baholaş va KPI tizimini takomillaştirişda qöllanadi.
Smart-kameralar va Face ID texnologiyasi orqali öquvçilarning maktabga kelişi va darslarda qatnaşişi avtomatik qayd etiladi. Tizim takroriy dars qoldiriş holatlarini, şu jumladan, öquvçining muayyan fanlar böyiça maşğulotlarga muntazam kelmasligini aniqlaş imkonini beradi.
Agar öquvçi uzrli sababsiz dars qoldirsa, uning ota-onasiga SMS-xabarnoma yuboriladi. Tizim «ERP Maktab» hamda Soğliqni saqlaş vazirligining DMED tizimi bilan integratsiya qilingan. Şu sababli öquvçining kasallik tufayli dars qoldirgani avtomatik hisobga olinadi.
Ayni paytda SI Davomat Sergeli tumanidagi 26 ta maktabda işlamoqda. Ularda jami 446 ta smart-kamera örnatilgan.
Aprobatsiya natijalariga qarab, tizimni Toşkent şahridagi boşqa maktablarda ham bosqiçma-bosqiç joriy etiş rejalaştirilgan.

















