Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) Özbekistondagi vakolatxonasi vakillari va Germaniyaning Mas contour taşkiloti ekspertlari bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda Qoraqalpoğiston Respublikasining turizm imkoniyatlaridan kelib çiqib, hududda turizm sohasida 2019-2020 yillarda amalga oşiriladigan çora-tadbirlar belgilab olindi. Uşbu çora-tadbirlarni amalga oşiriş maqsadida GIZ Qoraqalpoğiston turizmini rivojlantirişga 477 ming yevro miqdorida mablağ ajratdi.
Ma'lumot uçun: Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil 20-21 avgust kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrifi davomida berilgan topşiriqlar ijrosini ta'minlaş va mazkur hududning turizm imkoniyatlaridan samarali foydalaniş maqsadida Qömita va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati tomonidan çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilgan.
Loyiha doirasida mahalliy hunarmandçilik mahsulotlarini diversifikatsiya qiliş, ularni eksportbop mahsulotga aylantiriş, infratuzilmani yaxşilaş, yangi turizm marşrutlarini oçiş, xizmatlar sifatini oşiriş va Qoraqalpoğiston Respublikasining turizm salohiyatini xorijiy turizm bozorlarida tarğib qiliş işlari amalga oşiriladi.
Loyihani amalga oşirişdan közlangan asosiy maqsad - Özbekiston, jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasiga sayyohlar oqimini köpaytiriş, turizm sohasidagi xizmatlar, mahsulotlar eksportini oşiriş hamda mahalliy aholi daromadini köpaytirişdan iborat.












