Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi.
Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini amalga oşiriş hamda çöl-yaylov ösimliklari uruğlarini granulalaş, kapsulalaş va dronlar yordamida ekişdan iborat böladi.
Loyiha doirasida 10 ta dron, ularni taşiş uçun maxsus avtotransport vositalari va 2 ta granulyator xarid qilinadi. Şuningdek, mutaxassislar dronlarni boşqariş va ulardan samarali foydalaniş böyiça maxsus kurslarda öqitiladi.
2030-yil yakuniga qadar 100 ming gektar yaylov maydoniga qandim, çerkez, çöğon, baliqköz, donaşör, şuvoq, izen va çöl şaroitiga mos boşqa ösimliklar uruğlari dronlar yordamida ekiladi.
Yer ijaraçilariga ham yengillik beriladi
Qarorda belgilanişiça, Qoraqalpoğistonda 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 15-aprelgaça oçiq elektron tanlovlar orqali ijaraga berilgan qişloq xöjaligi yerlari böyiça ayrim ijaraçilarga tölov imtiyozi taqdim etiladi.
Xususan, qöşimça tölovlarning jami miqdori yer uçastkasining normativ qiymatidan 4 baravar va undan yuqori bölgan ijaraçilarga normativ qiymatning 1 baravariga teng miqdordagi tölovni 3 yil davomida foizsiz bölib tölaşga ruxsat beriladi.








