Samarqand şahridagi kasb-hunarga öqitiş markazida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi — KOICA tomonidan Özbekistonda taşkil etilgan kasb-hunarga öqitiş markazlari iştirokida «I öquv qöllanmalar yaratiş musobaqasi» va «Startap ğoyalar tanlovi» bölib ötdi.
Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mas'ul xodimlari, KOICA’ning Toşkentdagi ofisi direktori Son Sung Il, Koreyadan kelib öquv markazlarida faoliyat körsatayotgan volontyor öqituvçilar va özbekistonlik boşqa mas'ullar iştirok etişdi.
Kasb-hunarga öqitiş markazlari örtasida birinçi bor ötkazilayotgan musobaqa barça qatnaşuvçilar va mehmonlarda katta qiziqiş uyğotdi. Bu musobaqa döstlikni yanada mustahkamlaşga qaratilgani uning ahamiyatini yanada oşirib yubordi.
Tadbirni Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boşqarma boşliği F.U.Mamarasulov va KOICA’ning Toşkentdagi ofisi direktori Son Sung Il oçib berdi.
Musobaqada öqituvçilar jami 5ta yönaliş böyiça bellaşdi. Bular, avtomobillarni ta'mirlaş va texnik xizmat körsatiş; elektronika va asbobsozlik; payvandlaş işlari texnigi; axborot texnologiyalari va töqimaçilik yönalişlari böldi.

Toşkent, Samarqand va Şahrisabz kasb-hunarga öqitiş markazlari öqituvçilari uşbu kasblar böyiça tayyorlab kelgan öquv qöllanmalarini taqdimot qilişdi.


Vazirlik, KOICA xodimlari, OÖYu professorlari va sanoat korxonalarining yetakçi mutaxassislari taqdimot qilingan öquv qöllanmalari zamon talabiga mosligi, yangiligi, talabalarga tuşunarli bölişi, ommalaşuvi va boşqa mezonlar böyiça baholaşdi.

Berilgan vaqt va musobaqa şartlari tugagaç hakamlar tomonidan ğoliblar aniqlandi.
Şundan söng ğoliblarni taqdirlaş uçun mehmonlar markazning majlislar zaliga taklif etildi. KOICA’ning Toşkentdagi ofisi direktori Son Sung Il öqituvçilarga Gran-pri va 5ta birinçi öringa pul mukofotlari, diplomlar va qimmatbaho sovğalarni topşirişdi. Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi nomidan Gran-pri sohibiga televizor va 5ta birinçi öringa mikrotölqinli peçlar sovğa qilindi.
Gran-prini Samarqand şahridagi işsiz va band bölmagan aholini kasb-hunarga öqitiş markazi xodimi Elektronika va asbobsozlik yönalişi böyiça Javohir Safarov qölga kiritdi.


Tadbirning ikkinçi qismida Samarqand şahridagi kasb-hunarga öqitiş markazida KOICA granti asosida taşkil etilgan Samarqand startap inkubator markazida startap ğoyalar tanlovi ötkazildi. Tanlovga ariza topşirgan 14 nafar startap ğoyalaridan dastlabki tanlovdan ötgan 5ta ğoyaning taqdimotini ötkazdi. Nomzodlar hakamlar tomonidan baholandi va markaz rezidentligiga qabul qilindi.
1-örin Zafarali Bozorovga nasib etdi. Startap muallifi bir yil muddatga ofis bilan bepul ta'minlanadigan böldi. Unga qimmatbaho sovğalar berildi va startap xizmatlaridan bepul foydalaniş imkoniyati yaratildi.
Öz muxbirimiz












