Tabiiy qobiliyatlar qançalik yaxşi bölmasin, notöğri tanlangan ta'lim ularni yöq qilişi mumkin. Farzandingiz kelajakda muvaffaqiyatli tadbirkor, iqtisodçi yoki IT mutaxassisi böla olsa-çi? Rivojlantirişga va dalda berişga arziydigan mitti dahoning 10 belgisi bilan tanişing.

1. Xato qilişdan hayiqmaslik

Zakovatlilar yangi narsalarni sinab körişadi va tavakkal qilişdan qörqişmaydi. «Agar biror iş qilişga kirişsang, uni mukammal bajar» ruhida xavfli perfeksionizmni singdirmang. Şundoq ham öziga nisbatan öta talabçan bölgan bola uçun bu kabi körsatmalar zararli bölişi mumkin, şuning uçun uning muvaffaqiyatsizliklariga e'tibor bermang. 

Farzandingizga uni biror nimaga erişgani uçun emas, boriça sevişingizga işonişiga yordam bering. U hali katta hayot tajribasiga ega emas, u hamma narsani ilk marta sinab köryapti. Tanbeh va masxaralaringiz unga jöşqinlik baxş etişi dargumon. Tanqid qiliş örniga, har qanday yöl bilan ilhom bağişlang: agar biror nima öxşamasa — mayli, keyingi safar uddalaydi.

2. Jamoada ham, yolğiz holatda ham qiyinçilik sezmaydi

Ba'zida hatto daho yordamga muhtojlik sezadi. U hamma narsani qilişga qodir bölişi kerak: vazifalarni belgilaş va taqsimlaşi, bevosita va vakil orqali işlaşi va kerak bölganda turli sohalardagi barça muammolarni guruh yordamisiz yengib ötişi lozim.

Jamoaviy işlaşdan maqsad kim eng aqlli yoki qobiliyatli ekanligini isbotlaş emas, balki faqat umumiy mehnat orqali amalga oşiriladigan ajoyib narsalar va ğoyalarni birgalikda yaratiş. Bolaga dunyoda nuqtayi nazari unikidan farq qiladigan odamlar bölişi mumkinligini va bu mutlaqo normal holatligini tuşuntiring. Va albatta, siz bolangizni boşqalar bilan taqqoslamasligingiz kerak: u yaxşiroqmi yoki yomonmi farqi yöq, har bir inson öz uslubiça yaxşi.

3. Yuqori hissiy aqli bilan ajralib turadi

Farzandingiz turli odamlar bilan til topişa oladi, stressdan tezda xalos böladi, ziddiyatli vaziyatlardan aqlli ravişda çiqadi va keskin vaziyatni qanday yumşatişni biladimi? Tabriklaymiz, siz dahoni tarbiyalayapsiz. 

Hissiy aql — bu inson özining va boşqa odamlarning his-tuyğularini yoki niyatlarini aniqlaşga yordam beradigan könikmalar töplami. Uni rivojlantiriş uçun bolaga nima uçun u muayyan his-tuyğularni boşdan keçirayotganini tuşunişga yordam bering. Agar u ğazablansa, sababi nimaligini oydinlaştiring. Ehtimol, u biror narsadan xafa bölgan yoki u şunçaki ğamgin holatda va heç bölmaganda şu yöl bilan e'tiborni jalb qilmoqçi. 

Barça his-tuyğular mavjud bölişga haqlidir: bola nafaqat quvonçni, balki ğazabni, nafratni yoki qayğuni ham boşdan keçirişi mumkin. Faqat ularni jazava bilan emas, balki suhbat orqali ifodalagan ma'qul — baloğat yoşida bunday mahorat bir neça bor naf keltiradi.

4. Moliyaviy savodxonlik sizdan köproq bilimga ega

Siz ğurra orttirişni qoyillatar edingiz, bolangiz esa hozirdanoq pulni töğri sarflay olyapti va tezda öz budjetini boşqariş böyiça bilimlarni özlaştirdi. Bir daho yetişib çiqişi uçun bu könikmalarni rivojlantiriş juda muhimdir. 

Bolalarga moliyaviy savodxonlik asoslarini örgatiş uçun avval pul nimaligi va u qayerdan kelib çiqişini tuşuntiring: ular şunçaki berilmaydi, işlab topiladi. Uşbu ma'lumotni şaxsiy misol bilan mustahkamlaş mumkin: bolaga uning odatiy vazifalariga kirmaydigan uy işlarini işonib topşiring va ozgina pul bilan mukofotlang. Daromad bilan nima qiliş kerakligini bolaning özi qaror qilişi kerak: xohlasa ularni darhol paqqos tuşiriladigan şirinliklarga sarflasin yoki tuğilgan kunida özi uçun sovğa qiladigan ajoyib öyinçoq uçun jamğarsin.

5. Vaqtni samarali boşqariş qobiliyati

Bunday bolalarda kuniga 48 soat vaqt bordek tuyuladi: öqiş uçun ham, sport, qöşimça maşğulotlar va öyin-kulgilarga ham vaqtlari yetarli. Agar bu holat bolangizga tegişli bölsa, uni kamida qobiliyatli deb hisoblaş uçun barça asoslar bor. 

Bolalar qobiliyatlarini örganuvçi psixolog Natan Leyts iqtidorli bolalar özlarining yuqori samaradorliklari bilan ajralib turişini aniqladi. Mehnatga bölgan moyillikning kuçayişi nafaqat umumiy intellektual qobiliyat, balki katta hayotdagi muvaffaqiyatning kalitidir. Şunday ekan, bolangizda uşbu fazilatni şakllantiring. 

6. Har qanday işga alohida yondaşadi 

Saraton kasalligini davolovçi dorini öylab topiş, yulduzga aylaniş yoki muvaffaqiyatli biznes yuritiş uçun umumiy maydonlarni tahlil qiliş, yangi imkon va yeçimlar topişni uddalaş juda muhimdir. Bola muammolarni nostandart usullar orqali hal etyaptimi? Ajoyib, uni rağbatlantiring. 

Katta hayotda köpinça muvaffaqiyatga eltgan yöl emas, muvaffaqiyatning özi ahamiyatlidir. Demak, turli muammolarni hal qiliş usullari bilan tajriba ötkazişingiz mumkin, iş natijasi belgilangan mezonlarga mos kelsa bölgani. Masalan, siz farzandingizdan idişlarni yuvişini söraysiz. Uning tepasida turişingiz va idişlarni notöğri uşlayotgani uçun tanqid qilişingiz yoki mustaqil ravişda harakat qilişini taklif qilişingiz mumkin. 

7. Tanqidiy fikrlaş

Ğoyaga işoniş va uni oxirigaça bajarişga tayyor böliş maqtaşga arzigulik fazilat, lekin ba'zida bu ğoyaning istiqboli yöqligini vaqtida tuşuniş yaxşiroqdir. Agar bola ma'lum bir mavzuga köp kuç sarflaş kerak yoki yöqligini taxmin qilişga moyil bölsa, uni musiqa maktabini har qanday tarzda tugatişga va darslar yoki maşğulotlar örtasida sarson bölişga majburlamang. 

Şubhalanişni va atrofda sodir bölayotgan hodisalarning sabablarini izlaşni örgatganingiz ma'qul. Masalan, qişda boş kiyim kiyişga majbur qilasiz. Bu nima: sizning injiqligingizmi yoki haqiqiy zaruratmi, çunki usiz osongina kasal bölib qoliş mumkin?

«Bu töğri, çunki uni men aytyapman» kabi yondaşuv daholarni yetiştirmaydi. Bolaga hatto xatolar orqali bölsa ham iştiyoq va kuzatuvçanlikni körsatişiga imkon bering — şundagina mustaqil fikr yuritişni örganadi va atrofdagi narsalarni kör-körona qabul qilmaydi.

8. Hamma narsani tez örganadi

Va yangi bilimlarni darhol amalda qöllaydi. Qoliplar va çeklovlar u uçun emas, bola itoatkor ijroçi rolida şunçaki qiynaladi.

Mustaqil bölişga örgatiş uçun bolalar özlari ham mukammal qila oladigan narsalarni ular uçun bajarib bermang. Bu nafaqat uy vazifalariga, balki xonani tozalaş yoki idişlarni yuviş kabi uy yumuşlariga ham tegişli. Agar bola tuşunmasa — tuşuntiring, hatto bir neça bor bölsa ham va özingiz örnak böling. Ha, avvaliga natija oz böladi, ammo bu uçun urişmang, lekin nima va qayerda notöğri bölganini izohlab keting. 

9. Axborot xavfsizligi qoidalariga ğayriixtiyoriy ravişda amal qiladi

Katta avlod vakillari texnologiyadan ehtiyotkorlik bilan foydalanişni tajribada örganişlari kerak edi. Bugungi kunga kelib hatto bolalar ham birovning ma'lumotlarini uning ruxsatisiz kimgadir qoldiriş va özinikilarni öylamay tarqatiş katta muammolarga olib kelişini yaxşi bilişadi. 

Biroq, bu bolaning internetda nima qilayotganini kuzatişga bölgan ehtiyojni bekor qilmaydi. Antivirusingizni muntazam yangilang, brauzeringizda xavfsiz qidiruvni işga tuşiring va ota-ona nazorati dasturini örnating. Siz har narsaga jiddiy qaraşingiz va uning yozişmalarini öqişingiz şart emas — agar bolaga ğalati yoki haqoratli narsalar yuborilsa, u sizni bu haqida xabardor qilişiga kelişib oling.

10. Mas'uliyat olişdan qörqmaydi

Zamonaviy daho bu bitta funksiyaga ega bölgan xonaki ösimlik emas, balki ilhomlantiruvçi kuzatuvçi va yetakçidir. U öz oldiga maqsadlarni qöyişi va qarorlar qabul qilişi, boşqalarni ilhomlantirişi va öz rejasiga erişiş uçun jamoaning harakatlarini muvofiqlaştirişi kerak. 

Bola mas'uliyat nimaligini örganişi va öz harakatlarining oqibatlari haqida xabardor bölişi uçun unga erkinlik bering. Qayerda bölmasin mustaqil qaror qabul qilsin.