1920 yilda AQŞda yigirma nafar yoşi katta va tajribali öyinçilar sakkiz yoşli bolakay bilan şaxmat öynagani va yutqazgani şov-şuv böladi. Samuel German Reşevskiy Vest-Pointdagi harbiy akademiyaga boradi va u yerda tajribali yigirma nafar şaxmatçi bilan birdaniga dona suradi. Natija havas qilgulik edi: bola faqat bitta durang qayd etadi, qolganlar ustidan esa ğalaba qozonadi. 

Uning raqiblari taniqli matematik-şaxmatçilar, obröli kişilar edi. Bolaning ğayrioddiy iste’dodi köpçilikni qoyil qoldiradi. 

Örtahol oilada tuğilgan

Reşevskiy 1911 yilda hozirgi Polşa hududiga töğri keluvçi Ozorkuv şaharçasida dunyoga kelgan. Öşa paytda hudud Rossiya imperiyasi nazoratida edi. Bolakay xudojöy yahudiy oilasida tuğilgandi, undan taşqari oilaning yana beş nafar farzandi bor edi. 

Samuelning yoşligi

Tört yoşga kirgan paytdayoq bola şaxmat qonun-qoidalarini töliq örganib, dona sura boşlaydi. Oila Lodz şahriga köçganda iste’dodli bola polyak grossmeysteri Georg Salve e’tiboriga tuşadi. Şundan söng mitti vunderkind kuçli şaxmatçilar bilan şahar birinçiliklarida öynay boşladi. 

Reşevskiy ilk xalqaro turnirini olti yoşida Avstriya poytaxti Venada ötkazgan. Iştirokçilar katta va kuçli şaxmatçilar edi, ular mitti raqibga bepisandlik bilan qaraşardi. Oqibatda ğalaba bola tarafida böldi, hatto avstriyalik maşhur şaxmatçi Volf ham bola oldida ojiz qoldi. 

Keyin Reşevskiy sloveniyalik grossmeyster Milan Vidmar bilan bir neça soat kuçli jang olib bordi. Yakunda esa Vidmar amallab ğalabani qölga kirita oldi.

Samuel Reşevskiy 8 yoşida birdaniga bir neçta tajribali raqiblarini yengadi

Yöqotilgan bolalik

Köpçilik vunderkindlar kabi favqulodda iste’dod Reşevskiyga muammo ham tuğdirdi: u şaxmat bilan ovora bölib, maktabda tuzukroq