Qozoğistonning birinçi prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toşkentda ötgan ikkinçi Maslahatlaşuv uçraşuvida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga bunday yuqori darajadagi tadbirda iştirok etişga taklif qilgani uçun minnatdorlik bildirdi.

Nazarboyev öz nutqida 2018 yilda Qozoğiston poytaxtida boşlangan muloqot Markaziy Osiyo tarixida yangi sahifa oçganini qayd qilib ötgan.

“U hamkorligimizning körinişini tubdan özgartirdi. Muloqot 5 ta davlatga döstligimiz asrlar oşa yaşaşiga işora berdi. Barça darajalarda aloqalarni faollaştirişga start berildi”, deb aytgan Nazarboyev. 

E'tiborlisi, Elbasi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariga 15 mart kuni yangi bayram – Markaziy Osiyo kunini ta'sis etişni taklif qildi.

Şuningdek, Nazarboyev mintaqada xavfsizlikni kuçaytiriş maqsadida 2020 yilda Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengaşlari kotiblari uçraşuvini ötkazişni taklif qildi. 

Şu bilan birga Qozoğistonning birinçi prezidenti demografik rivojlaniş yuqori dinamikasi bilan boğliq muammolarga e'tibor qaratişga çaqirdi.

“Tovarlar, xizmatlar va kapitalning köçişiga tösiqlarni oliş hisobiga “tösiqlarsiz Markaziy Osiyo”ga erişiş zarur”, deb qöşimça qilgan Elbasi.

Yiğiliş yakunida Nursulton Nazarboyevga Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahatlaşuv uçraşuvi faxriy raisi maqomi berildi.