2019 yil 1 dekabr kuni Qibray tumani tez tibbiy yordam xizmatidan Alişerobod MFY, Erta tong köçasida yaşovçi fuqaro Ğ.B.ning oilasi is gazidan zaharlanganligini haqida xabar kelib tuşgan, deb yozmoqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinov.
Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining ma'lumotnomasiga köra, Ğ.B.ning 7 nafar oila a'zosida “is gazidan ötkir zaharlanişning yengil darajasi” taşxisi va qonlaridan 9-14 foiz darajada is gazi miqdori aniqlanib, ularga toksikologiya bölimi tomonidan tibbiy yordam körsatilgan.
Şuningdek, fuqaro Ğ.B.ning qolgan 9 nafar oila a'zosining qonidan 6-8 foiz darajada is gazi miqdori aniqlangan bölsa-da, ötkir zaharlaniş taşxisi qöyilmagan.
Barça bemorlarga tegişli tez-tibbiy yordam körsatilgan va yaşaş manziliga ambulator davolaniş uçun qaytarilgan.
Mazkur holat böyiça Qibray tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Bundan oldin, «Hududgazta'minot» Qibraydagi ommaviy zaharlaniş holati yuzasidan rasmiy ma'lumot bergandi.











