Toşkent şahrida is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 kişi vafot etdi. Hodisa yuzasidan Boş prokuratura rasmiy bayonot berdi.

Vafot etganlardan taşqari yana 2 kişi oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, hodisa quriliş-taʼmirlaş işlari olib borilayotgan xususiy uyda sodir bölgan. Aniqlanişiça, uyning yertöla qismiga örnatilgan isitiş qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan, gaz tarmoğiga esa belgilangan tartibda tegişli texnik şartlarsiz ulanilgan.

Holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116, 257, 205-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Ayni paytda tergov harakatlari Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Boş prokuratura fuqarolardan gaz uskunalari va isitiş moslamalaridan foydalanişda yonğin xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya qilişni söragan.

Şuningdek, gaz uskunalari va isitiş moslamalari belgilangan tartibda malakali mutaxassislar tomonidan örnatilişi hamda ularning texnik holati muntazam tekşirib turilişi lozimligi taʼkidlangan.