NATO Gretsiya-Turkiya munosabatlarida neytralitetni saqlab qoladi, dedi alyans boş kotibi Yyens Stoltenberg "Katimerini" gazetasiga bergan intervyusida.
"Gretsiya ham, Turkiya ham qimmatli ittifoqçilar hisoblanadi va umumiy xavfsizligimizga har ikkisi hissa qöşmoqda", - dedi u.
"Ayrim kelişmovçiliklar bor va bu kelişmovçiliklarni yeçişga harakat qilinayotganini ma'qullayman. NATO bu muammolar yeçilişi jarayonidan çetda", - dedi Stoltenberg.
Noyabr oxirida Turkiya va Liviya dengiz hududlari böyiça özaro anglaşuv memorandumi imzoladi. Bu diplomatik nizolarga sabab böldi. Turkiya memorandum xaritasini e'lon qildi, unga asosan Gretsiya alohida iqtisodiy hududining sezilarli qismi Turkiyaga "ötib ketadi".
Afina kelişuvni keskin tanqid qildi va alohida iqtisodiy hudud xaritasini özgartirişga urinmoqda.
Gretsiya boş vaziri Kiriakos Mitsotakis va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Londondagi NATO sammiti doirasida alohida uçraşuv ötkazadi.












