Sankt-Peterburgda özbekistonlik migrantlar Qirğiziston pasportlari böyiça butunboşli biznesni yölga qöygan. Bu haqda Qirğiziston Jogorku Keneşi spikeri örinbosari Aida Qosimaliyeva 4 dekabr kuni Bişkekda bölib ötgan parlament yiğilişida aytib ötdi.

«Yaqinda biz Sankt-Peterburgga deputatlar bilan taşrif buyurib, u yerda vatandoşlar bilan uçraşdik. U yerda qirğiz pasportlari butunboşli biznesga aylangani ma'lum böldi. Özbekistonlik migrantlar Qirğiziston pasportlarini reklama qilişyapti va sotişyapti. Buni statistika orqali tekşirişingiz mumkin. Odamlar politsiyaga tuşib qolgaç, uşbu pasportlar aniqlanmoqda», - dedi u.

Qosimaliyevaning sözlariga köra, Jalolobod viloyatining Suzoq viloyatida berilgan köplab pasportlar aniqlanmoqda. «PINlarni tekşirişda natija töğri çiqib kelyapti, ya'ni ular soxta pasport emas. Pasportlar noqonuniy ravişda berilmasligi uçun qanday tösiqlarni qöymoqdasiz? Pasportlarimiz borasida juda köp mojarolar kelib çiqyapti», - dedi Qosimaliyeva Qirğiziston Davlat röyxatga oliş xizmati raisi Almaz Mambetovga murojaat qilib.