Samarqand viloyati IIB tomonidan «Tozalaş-Antiterror» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri ötkazilmoqda.
IIV axborot xizmati xabariga köra, uning davomida fuqarolar örtasida olib borilgan tuşuntiriş va profilaktik tarğibot işlari natijada viloyat böyiça jami 52ta qurol fuqarolarning öz ixtiyori bilan topşirilişiga erişildi. Kattaqörğon tumanida 17ta, Samarqand şahri böyiça 15ta otiş uçun yaroqli bölgan turli xil qurollar fuqarolar tomonidan içki işlar organlariga topşirildi.
Şunga qaramasdan, tuşuntiriş-tarğibot işlaridan özlariga töğri xulosa çiqarmagan ayrim fuqarolar tomonidan noqonuniy ravişda qurol saqlab keliş va sotiş kabi jinoyatlarni sodir etiş holatlari ham aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
2019 yil 7 noyabr kuni Kattaqörğon tumani «Qöşavuz» mahalla fuqarolar yiğiniga qaraşli Qöşavuz qişloğida yaşovçi fuqaro B.X. yaşaş uyida noqonuniy ravişda ov quroli saqlaşi yuzasidan olingan ma'lumotni tekşiriş davomida uning uyi közdan keçirilganida, 1961 yilda işlab çiqarilgan, otiş uçun yaroqli bölgan «IJ» rusumli ov quroli borligi aniqlandi. Ov quroli xolislar iştirokida hujjatlaştirib olindi.
2019 yil 20 noyabr kuni Samarqand şahri böyiça IIOFMB tezkor xodimlari tomonidan Past Darğom tumani «Agron» qişloq fuqarolar yiğinida yaşovçi fuqaro N.T. noqonuniy ravişda qurol savdosi bilan şuğullanayotgani töğrisida olingan tezkor ma'lumotga asosan maxsus tadbir ötkazildi.

Tadbir davomida mazkur mahalla hududida fuqaro N.T. xaridor sifatida iştirok etgan fuqaro «R»ga 1965 yilda işlab çiqarilgan Ye 67894 raqamli, 16 mm. kalibrli öqotar ov qurolini 200 AQŞ dollariga sotayotgan paytda uşlandi.












