Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda Özbekiston «Yoşlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengaşi bilan hamkorlikda umumta'lim maktablari öquvçilari örtasida muntazam ravişda sport tadbirlari ötkazib kelmoqda.
Jumladan, bir neça yillardan buyon Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumta'lim maktablari öquvçilari örtasida muvofaqiyatli ötkazilib kelinayotgan şaxmat sport musobaqasini misol qilişimiz mumkin.









Xalq ta'limi vazirligining 2019 yil 26 apreldagi 141-sonli buyruği asosida joriy yil mobaynida musobaqaning tört bosqiçida (maktab, tuman (şahar), Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahar va viloyat) şaxmat musobaqasi böyiça jami 800734 nafar (şundan 389341 nafari qizlar) şuningdek, vazirlik tasarrufidagi ixtisoslaştirilgan davlat umumta'lim maktablarining 454 nafar (şundan 226 nfafari qizlar) öquvçi-yoşlar iştirok etdi.











Musobaqaning Respublika final bosqiçi joriy yilning 25 noyabr – 5 dekabr kunlari Toşkent şahri Olmazor tumanining 102-sonli Zaif eşituvçi bolalar maxsus maktab internati mezbonlik qildi. Mazkur musobaqaga esa eng iqtidorli 6 ta (7, 9, 11, 13, 15 va 17 yoşgaça bölgan öquvçilar) yoş toifasi böyiça jami 180 nafar öquvçi-yoşlar yetib kelişdi. Uşbu qiziqarli va murosasiz keçgan bahslarda umumjamoa hisobida:
- 1-örinni Toşkent şahri;
- 2-örinni Toşkent viloyati;
- 3-örinni Samarqand viloyati jamoalari qölga kiritdi.
Musobaqalarda ğolib va sovrindor bölgan öquvçi-yoşlar, jamoalar Özbekiston «Yoşlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengaşi tomonidan diplom, medal, kubok va qimmatbaho esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Özbekiston «Yoşlik» JTSJ Markaziy kengaşi matbuot xizmati












