Kosonsoyda yer olib beriş uçun 20 000 AQŞ dollari talab qilgan firibgar uşlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinov xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentining Namangan viloyati boşqarmasi tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Unda fuqaro O.R. boşqa fuqaroning işonçiga kirib, Kosonsoy tumani, Yoşlik massividagi 0.50 ga. yer maydonini yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali işlab çiqarişda foydalaniş uçun ajratib beriş hamda kelgusida bino inşootlar qurişda kadastr hujjatlarini rasmiylaştirib beriş evaziga 20 000 AQŞ dollari talab qilib, şundan, 15 000 AQŞ dollari va 48 mln. sömni firibgarlik yöli bilan  olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan O.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgani aytilmoqda.

Xabarda ta'kidlanişiça, hozirgi vaqtda tergov harakatlari ötkazilmoqda.