Turkiyada 2020 yildan boşlab sayyohlar mehmonxonada turganlik uçun 2 foizlik soliq tölaydigan böldilar. Bunday me'yor Turkiya prezidenti tomonidan imzolangan qonunda közda tutilgan.

Diken portalining ma'lum qilişiça, qonun kuçga kirgandan keyin birinçi bosqiçda, ya'ni 2020 yil aprelidan yil oxirigaça 1 foizlik soliq undiriladi. Mehmonxonalar bu soliqni mijozlarning hisoblarida qolgan soliqlar qatorida aks ettirişlari kerak böladi. 

Uşbu soliqni yaşaş uçun joy taqdim qiladigan barça obektlar, jumladan mehmonxonalar, motellar, apartamentlar, mehmonxona uylari va kempinglar undirişlari kerak böladi. Şuningdek, qonun mehmonxonadagi obektlar: köngiloçar boğlar, akvaboğlar, restoranlar va şu kabilarga taalluqli böladi.

Soliqdan talabalar yotoqxonalari, öquvçilar uçun pansionlar va dam oliş uylari ozod qilinadi. Şuningdek, uşbu soliq xorijiy vakolatxonalar diplomatlari, diplomatik maqomga ega boşqa şaxslar, Anqara bilan soliqdan ozod qiliş haqidagi kelişuvga ega xalqaro taşkilotlar xodimlaridan undirilmaydi.