Köçmas mulkni ommaviy baholaş milliy markazi direktori örinbosari Feruz Sultonovning tuşuntirişiça, ommaviy baholaş natijalari uy-joyni sotiş, garovga qöyiş yoki jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyişda töğridan töğri qöllanilmaydi.
Xususan, buziliş (snos) jarayonlarida ommaviy baholaş qiymati kompensatsiya miqdorini belgilaş uçun emas, dastlabki tahlil va möljal sifatida işlatilişi mumkin. Yakuniy hisob-kitoblar esa kompensatsiya tölovlariga oid amaldagi qonunçilik asosida amalga oşiriladi. Agar mulkdor yoki investor baholaş natijasidan norozi bölsa, mustaqil baholovçi taşkilot jalb qilinişi mumkin.
Sultonov ommaviy va individual baholaş örtasidagi farqqa ham töxtaldi. Uning aytişiça, ommaviy baholaşda köçmas mulk obyektlari joyiga çiqmasdan, katta hajmdagi maʼlumotlar yagona metodika asosida tahlil qilinadi. Individual baholaşda esa mutaxassis obyektni bevosita közdan keçirib, uning haqiqiy holatidan kelib çiqib qiymat belgilaydi.
Şu sababli ommaviy baholaşda barça obyektlar örtaça taʼmirlangan holatga keltirilgan holda hisoblanadi. Bunga obyektlarning haqiqiy taʼmirlanganlik holati töğrisidagi maʼlumotlar töliq mavjud emasligi sabab qilib körsatildi.
Rasmiy vakilning taʼkidlaşiça, ommaviy baholaş tizimini joriy etişdan maqsad köçmas mulkni iqtisodiy aktiv sifatidagi qiymatini yagona yondaşuv asosida aniqlaşdir. Çunki bugungi kunda eʼlondagi taklif narxi, oldi-sotdi qiymati, garov, suğurta va soliq soliş uçun qöllanadigan qiymatlar bir-biridan farq qiladi. Amaldagi kadastr qiymati ham mulkning real bozor qiymatini aks ettirmaydi.
Sultonov qonunçilikda boşqaça qoida belgilanmagan bölsa, ommaviy baholaş natijalari mustaqil baholaşni istisno etmasligini qayd etdi. Uning misoliga köra, hozir notarial harakatlar uçun belgilangan minimal qiymat örniga kelgusida ommaviy baholaş qiymatidan foydalaniş nazarda tutilmoqda. Bunda mulkdor mustaqil baholovçini jalb qilib, uning hisob-kitoblarini soliq organlariga taqdim etişi mumkin.
Feruz Sultonov tizim yangi yönaliş ekani sababli ayrim kamçiliklar yuzaga kelişi mumkinligini ham inkor etmadi. Uning aytişiça, metodikani takomillaştiriş va aniqlangan muammolarni bartaraf etiş böyiça hamkorlikka tayyorlik bor.
Avvalroq, Toşkentda uy-joylarni ommaviy baholaş natijalari muhokamasi 4-dekabrgaça uzaytirilgani maʼlum qilingandi












