Senat raisi Tanzila Norboyeva Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yoziş bölimlarining iş faoliyatida çalkaşliklar, yeçilmagan masalalar juda ham köpligi xususida gapirdi.
“FHDYo organlari xotin-qizlar qömitasi bilan yaqindan hamkorlik qilsin, degan maqsadda hokimliklar böysunuviga ötkazilgan edi. Lekin hokimiyatga ötkazilgandan keyin ikkita rahbari borga öxşab qolyapti, Adliya vazirligiga ham metodologik jihatdan hisobdorligi bor. Mahalliy hokimliklar ularni oylik maoş bilan ta'minlaş, moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş masalasida boş qotirayotgani yöq. Bu ularning işlaşida qiyinçilik tuğdirmoqda”, − deydi Tanzila Norboyeva.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletovga köra, FHDYo idoralari formal jihatdan töliq hokimliklar tizimiga ötkazilgan.
“Biz faqatgina uçta jihatdan FHDYo bölimlari bilan boğliqmiz. Davlat xizmatlari agentligi orqali ularni gerb guvohnomalari bilan ta'minlanadi. Ularning arxiv hujjatlarini ham Adliya vazirligi boşqaradi. Metodologiya nuqtai nazardan ham rahbarlik qiladi. FHDYo bilan aloqalar töliq elektron tizimga ötkazilgan”, − deydi Ruslanbek Davletov.
Tanzila Norboyeva FHDYo bölimlarining Davlat xizmatlari agentligi hamda hokimliklar bilan aloqalarini qayta körib çiqiş, qat'iy tartibga soliş böyiça senatorlar va hukumat vakillariga topşiriq berdi.












