Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yigirma beşinçi yalpi majlisi öz işini boşladi. 

Kun tartibidan 17 ta masala örin olgan. Senatorlar “Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”, “Davlat boji töğrisida”, “Investitsiya va investitsiya faoliyati töğrisida”, “Maxsus iqtisodiy zonalar töğrisida”gi jami 11 ta qonun va Özbekiston Respublikasi Adliya vazirining davlat organlari va taşkilotlarning norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qöllaş amaliyotining holati töğrisidagi axboroti haqida va Navoiy viloyati hokimining hududlarni rivojlantiriş hamda xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari faoliyati haqidagi hisobotini körib çiqadilar.

Yalpi majlisni oçişdagi kiriş nutqida Tanzila Norboyeva Senat faoliyatiga oid statistik ma'lumotlarni keltirdi.

“2010–2014 yillarda Senat tomonidan jami 140 ta qonun ma'qullangan bölsa, 2015 yildan bugungi kungaça 220 dan ziyod qonun körib çiqildi. E'tiborli tomoni şundaki, bu qonunlarning 186 tasi sönggi 3 yilda ma'qullangan. Bu keyingi yillarda mamlakatimizda islohotlarning naqadar şiddatli keçayotganidan darak beradi”, - dedi Senat raisi.

Tanzila Norboyeva qonunlar ijrosini ta'minlaşda parlament sörovlari katta samara berayotganini ta'kidladi: 

“Sörovlarimizda kötarilgan masalalarning barçasi yuzasidan Hukumat tomonidan tizimli çoralar belgilangani bu yönalişdagi işlarni yanada faollaştiriş lozimligini anglatadi. Bundan taşqari, senatorlar tomonidan hududlardagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan davlat organlarining mansabdor şaxslariga 700 dan ziyod sörov, 4 mingga yaqin murojaat yuborilganini ham aytib ötiş etiş kerak”.

Senat raisi ayrim senatorlar faoliyatini ham tanqid ostiga oldi.
 
“Senat faoliyatidagi hududiy manfaatlar ustuvorligidan kelib çiqib, viloyat, tuman va şaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari uning doimiy diqqat markazida bölişi kerak. Biroq, afsuski, ayrim senatorlar özlari saylangan hudud muammolarini Senat minbariga olib çiqişda deyarli taşabbus körsatmadilar. Holbuki, birgina viloyat hokimlarining hisobotlarini eşitiş va muhokama qiliş jarayonida hududlarni rivojlantiriş borasida qançadan qança vazifalar, muammolar turganiga işonç hosil qildik. Bu muammolarni senatorlarimiz kötarib çiqişlari kerak emasmidi?” - deya Senat raisining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.