Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston rahbariyatiga bayram tabrigi yölladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabarida aytilgan.

Qayd etilişiça, Şavkat Mirziyoyev 16 dekabr kuni Qozoğistonning birinçi prezidenti - Elboşi Nursulton Nazarboyev va prezident Qosim-Jomart Töqayevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Şuningdek, prezident Şavkat Mirziyoyev Bahrayn Mustaqilligi bayrami munosabati bilan mamlakat podşohi Şayx Hamad ibn Iso Al Xalifaga qutlov yölladi.

Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi prezidenti Qatar Davlati amiri Şayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.