AQŞ politsiyasi 40 yil avval yoş jurnalist ayolni öldirgan şaxsni DNK tahlili yordamida aniqlay oldi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi. 

gumondor Jyeyms Kertis

Tergov ma'lumotlariga köra, 21 yoşli Xelen Pruşinski ismli jurnalist Kolorado ştatida öğirlanib, öldirib ketilgan. Uning jasadi 1980 yil 16 yanvarda jinsiy zöravonlik izlari bilan aniqlangan. Jurnalist bölişni istagan qiz öldirilişidan ikki hafta oldin Denverga mahalliy radiostansiyada tajriba orttiriş uçun köçib kelgan.

Tergovçilarda öşanda qotilni topiş uçun heç qanday ilmoq bölmagan. Jinoyatni foş qilişga qurbon tanasida topilgan biologik material namunalarini tahlil qilişning zamonaviy texnologiyalari yordam berdi.

Qizning öldirilişida gumon qilinib Florida ştatida yaşovçi 62 yoşli haydovçi Jyeyms Kertis Klenton hibsga olindi. U Koloradoga yetkazilib, 16 dekabrda sud oldida javob berişni boşlagan.  

Oxirgi vaqtda AQŞ huquq-tartibot idoralari genetik testlar evaziga bir neça ön yillar avval sodir etilgan jinoyatlarni foş qilişga muvaffaq bölişmoqda.