AQŞ kongressi vakillar palatasi (quyi palata) AQŞ prezidenti Donald Trampga qöyilgan ikki ayblov – “vakolatlarni suiiste'mol qiliş” va “kongressga qarşilik körsatiş” böyiça prezidentning impiçmenti uçun ovoz berdi.
Quyi palatada köpçilikni taşkil qiluvçi demokratlar impiçment uçun, respublikaçilar esa unga qarşi ovoz berişgan.
Endi iş senatda körib çiqiladi, u Tramp ustidan sud jarayonini ötkazadi. Senatda köpçilikni taşkil qiluvçi respublikaçilar Trampga impiçment e'lon qilmoqçi emaslar.
Trampning özi demokratlar tomonidan boşlangan impiçment jarayonini ularning “siyosiy öz joniga qasd qilişi” deb atagan. “Bekorçi demokratlar amerikalik saylovçilarga öz adovatini oçiqçasiga körsatmoqda. Uşbu noqonuniy va siyosiylaşgan impiçment Demokratik partiyaning siyosiy öz joniga qasd qilişi hisoblanadi. Siz mening reytingimni körganmisiz? Ular menga birinçi kundanoq impiçment e'lon qilişga harakat qilişgan. Ular buni men kuraşni boşlaşimdan oldinoq qilişga urinişgan”, deb aytgan Tramp Miçigandagi namoyişda.
Uning ta'kidlaşiça, vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi 2020 yilgi saylovlar natijalariga köra kongressdagi örnidan mahrum bölişi muqarrar.
Oq uyda Tramp impiçment jarayoni doirasidagi keyingi qadamlarga tayyorligini va senatda töliq oqlanişiga işonçi komilligi aytilgan.












