Qurolga egalik qilişga monelik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar röyxati, şuningdek fuqarolarning tibbiy tekşiruvdan ötiş tartibi belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining muhokama uçun e'lon qilingan qarori loyihasiga köra, qurolga egalik qilişga monelik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar röyxati quyidagiça:
Umumiy tibbiy moneliklar:
1. Funksional faoliyatining buzilişi bilan keçuvçi a'zolarning tuğma nuqsonlari.
2. Funksional buzilişlar turğun ifodalangan markaziy asab tizimining organik kasalliklari.
3. Surunkali ruhiy xastaliklar va psixo-nevrologik dispanserlarda albatta majburiy dinamik kuzatuvga muhtoj bölgan şu kasalliklarga teng böladigan holatlar, paroksizmal özgarişlar bilan keçuvçi epilepsiya. Oraliq ruhiy kasalliklar yaqqol ifodalangan holatlarda tegişli işlarga yaroqlilik masalasi psixo-nevrologik dispanserining komissiyasi tomonidan individual ravişda hal qilinadi.
4. Yaqqol ifodalangan özgarişlar bilan keçuvçi endokrin tizimining kasalliklari.
5. Xavfli ösmalar (davolangandan keyin mutlaq moneliklar bölmagan hollarda masala individual hal qilinişi mumkin).
6. Qon tizimining barça kasalliklari (hamma bosqiçlarida) (jumladan qon yaratuvçi tizimning kasalliklari).
7. Gipertoniya kasalligining III bosqiçi.
8. Qon aylanişi yetişmovçiligi bilan asoratlangan yurak kasalliklari.
9. Yaqqol ifodalangan öpka-yurak yetişmovçiligi bilan asoratlangan öpkaning surunkali kasalliklari.
10. Nafas va qon aylanişining yaqqol ifodalangan funksional buzilişlari bilan keçuvçi bronxial astmaning oğir turi.
11. Tuberkulyozning har qanday joylaşgan faol turlari.
12. Surunkali tez-tez qaytalanadigan va asoratlanişga moyil me'da va 12 barmoqli içakning yara kasalligi.
13. Jigar sirrozi va faol gepatitlar.
14. Buyrak yetişmovçiligi bilan asoratlangan surunkali buyrak kasalliklari.
15. Kollagenozlar.
16. Kasbi böyiça iş bajarişga xalaqit beruvçi turğun buzilişlari bölgan böğim kasalliklari.
17. Homiladorlik va sut ajraliş davri.
18. Farzand köriş istagi bölgan ayollarda anamnezida odatdagi homila nuqsonlari va homiladorlikning oxiriga yetmasligi.
19. Baçadondan qon ketişi bilan keçuvçi hayz köriş funksiyasining buzilişlari.
20. Glaukoma dekompensatsiya davrida.
Qöşimça tibbiy moneliklar:
1. Qöl-oyoq va kaftlarining yöqligi.
2. Periferik qon-tomir kasalliklari (obliteratsiyalovçi endartriit, vena va qon tomirlarining varikoz kengayişi va boşqalar).
3.Periferik nerv tizimining surunkali kasalliklari.
4.Terining tez-tez qaytalanib turuvçi surunkali kasalliklari.
5.Köriş ötkirligining korreksiya bilan bir közda–0,5 D dan kam, ikkinçisida–0,2 D dan kam yoki bir közda 0,7 D, ikkinçisida–umuman körişning yöqligi.
6. Etiologiyasidan qat'i nazar, eşitiş qobiliyatining bir yoki ikki tomonlama turğun darajada pasayişi (şivirlab gapiriş 3 m dan kam).
7. Markaziy nerv tizimining organik kasalliklari.
8. Vestibulyar buzilişlar.
Qurolga egalik qiluvçi fuqarolarni tibbiy körikdan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga köra, tibbiy köriklar davlat tasarrufidagi hududiy davolaş-profilaktika muassasasi tomonidan ötkaziladi. Tibbiy körikdan ötiş davriyligi 1 yilda bir marta.
Tibbiy köriklarni ötkaziş paytida qurolga egalik qiluvçi işlovçi fuqarolarning iş joyi (lavozimi) va örtaça iş haqi saqlanadi.
Qurolga egalik qiluvçi fuqaro tibbiy körikdan uçun tibbiy körikni ötkazuvçi davolaş-profilaktika muassasasiga pasporti yoki şaxsini tasdiqlovçi boşqa hujjati bilan kelişi lozim.
Tibbiy köriklarni ötkaziş uçun tibbiy körikni ötkazuvçi davolaş-profilaktika muassasasi rahbarining buyruği bilan tibbiy komissiya taşkil etiladi.
Tibbiy körikdan ötuvçi qurolga egalik qiluvçi fuqaroda psixik kasalliklar (şizofreniya, epilepsiya, oligofreniya) mavjudligini tekşirişda ularning yaşaş joyidagi davolaş-profilaktika muassasasining vraç-psixiatri tomonidan amalga oşiriladi.
Tuman vraç-psixiatri bölmagan taqdirda psixiatrik tekşiriş tumanlararo yoki viloyat (şahar, respublika) psixonevrologiya dispanserining vraç-psixiatrlari tomonidan amalga oşiriladi.
Agar qurolga egalik qiluvçi fuqaro psixik kasalliklar böyiça dispanser hisobida tursa, unga bu haqda belgilangan namunadagi ma'lumotnoma beriladi. Agar qurolga egalik qiluvçi fuqaro psixik kasalliklar böyiça hisobda turmasa va unda ruhiy buzilişlar aniqlanmasa, unga vraç-psixiatrning imzosi qöyilgan belgilangan namunadagi ma'lumotnoma beriladi.
Ma'lumotnomalar uşbu davolaş-profilaktika muassasasining muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Tibbiy komissiya tomonidan qurolga egalik qiluvçi fuqaroni tibbiy körikdan ötkaziş bilan boğliq barça ma'lumotlarni qayd etiş maqsadida ambulator tibbiy karta yuritiladi. Ambulator tibbiy kartada tibbiy körikni ötkazişda iştirok etgan har bir vraç va mutaxassislarning qurolga egalik qiluvçi fuqaro töğrisidagi xulosalari körsatilişi kerak.
Tibbiy körik natijasiga köra fuqaro qurolga egalik qilişda yaroqsiz deb topilganda, unga bu töğrisida tibbiy körikni ötkazuvçi davolaş-profilaktika muassasasining tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi beriladi va uşbu xulosaning nusxasi uç kunlik muddat içida fuqaro yaşaş manziliga yuboriladi.
Tibbiy körikning sifatli ötkazilişiga tibbiy körikdan ötkazuvçi davolaş-profilaktika muassasasining rahbari javobgar hisoblanadi.
Tibbiy körikdan ötişi şart bölgan qurolga egalik qiluvçi fuqarolar tibbiy köriklardan ötişdan böyin tovlaşga haqli emaslar.












