Kompaniya AUSA–2026 körgazmasida AQŞ armiyasi uçun ikkita işlanmani namoyiş etgan. Bular kuçli mikrotölqinli HPM tizimi va havodagi hamda yerdagi nişonlarga qarşi qöllanadigan MDACS köp maqsadli artilleriya kompleksidir.
HPM dronlar guruhiga elektromagnit energiya yönaltiradi. Kompaniya maʼlumotiga köra, elektr taʼminoti mavjud ekan, tizim yangi nişonlarga ketma-ket taʼsir körsatişi mumkin. Bu odatiy qurollardagi kabi öq-dori zaxirasini muntazam töldiriş zaruratini kamaytiradi.
Bunday imkoniyat havo hujumidan mudofaa tizimlarini ortiqça yuklaşga qaratilgan ommaviy dron hujumlariga qarşi muhim bölişi mumkin. Raketali tutuvçilarda esa öq-dori zaxirasi çeklangan va sarflangan raketalar örnini töldiriş qöşimça taʼminot talab qiladi.
BAE Systems’ning bildirişiça, HPM konstruksiyasining 99 foizdan ortiği oçiq bozorda mavjud, seriyali işlab çiqariladigan tijorat komponentlaridan iborat. Kompaniya bu yondaşuv işlab çiqariş va texnik xizmat körsatişni osonlaştirişini taʼkidlagan.
Modulli tizimni statsionar holda, şatakka olinadigan kompleks sifatida, jangovar maşinalarda yoki dengiz platformalarida joylaştiriş közda tutilgan.
Kompaniya sinovlar davomida nişonlarga taʼsirni örganiş uçun bir neça milliard mikrotölqin impulsi hosil qilinganini maʼlum qilgan.
Ikkinçi işlanma - MDACS artilleriya tizimi havo nişonlarini yuqori tezlikdagi boşqariladigan HVP snaryadlari bilan tutib qolişga möljallangan. Havo transportida taşiş mumkin bölgan uşbu platforma vazifa va nişon turiga qarab turli yuqori aniqlikdagi öq-dorilardan foydalanadi.
Yerdagi harakatsiz va harakatlanayotgan nişonlarga qarşi esa Scorpio-XR öq-dorisini qöllaş mumkin. BAE Systems uning otiş masofasi 155 millimetrli artilleriyadan otiladigan mavjud yuqori aniqlikdagi öq-dorilarga nisbatan ikki baravar uzoqligini bildirgan.
Kompaniya HPM va MDACS’ni köp qatlamli mudofaaning bir-birini töldiruvçi qismlari sifatida körmoqda. Birinçisi dronlar guruhiga yönaltirilgan energiya bilan taʼsir qilsa, ikkinçisi havo va yer nişonlariga snaryadlar orqali zarba beriş imkonini taqdim etadi.












