2019 yilning 25 dekabr kuni Moskva şahrida Özbekiston-Rossiya vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlarining navbatdagi raundi bölib ötdi.
TIV xabariga köra, Özbekiston delegatsiyasiga taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov boşçilik qildi. Rossiyadan taşqi işlar vazirining örinbosari Andrey Rudenko boşçiligidagi delegatsiya iştirok etdi.
Uçraşuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilm-ta'lim, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
2017 yil aprel oyidagi prezident Şavkat Mirziyoyevning Rossiyaga va 2018 yil oktyabr oyidagi prezident Vladimir Putinning Özbekistonga amalga oşirgan davlat taşriflari doirasida erişilgan kelişuvlarni bajariş jarayoni körib çiqildi. Savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida 2019-2024 yillarga möljallangan umumiy qiymati 25 mlrd AQŞ dollariga teng bölgan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oşirişni tomonlar nazorat qilmoqda.
Ta'kidlanganidek, strategik şerikçilikni mustahkamlaşda özaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş ustuvor yönaliş hisoblanadi. Uning hajmi sönggi ikki yilda 1,5 barobarga oşdi. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida tovar aylanmasi 5,8 mlrd. dollarni taşkil etib ötgan yilning mazkur davriga nisbatan 14,1 foizga oşdi. Yil boşidan buyon 130 ta iqtisodiy delegatsiyalarning özaro taşriflari taşkillaştirildi.
Şu nuqtai nazardan ikki mamlakat hududlari örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Özbekiston viloyatlari Rossiyaning 70 ta sub'yektlari bilan samarali munosabatlar örnatdi.
Maslahatlaşuvlarda 2020 yilda Toşkent şahrida bölib ötadigan ikki tomonlama tadbirlar, jumladan Hukumat rahbarlari darajasidagi qöşma komissiya va Iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning yiğilişlarini ötkaziş bilan boğliq taşkiliy masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuvda Özbekiston-Rossiya kun tartibining boşqa dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.












