«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida 28 dekabr kuni Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol işlab çiqariş majmuasi işga tuşirildi.
Şu munosabat bilan ötkazilgan marosimda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Davlat rahbari yiğilganlarni yaqinlaşib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklab, uşbu loyihaning röyobga çiqişiga hissa qöşgan quruvçi va kimyogarlarga hamda çet ellik hamkorlarga minnatdorlik bildirdi.
- Bunday muhim, zamonaviy va innovatsion loyihalar Navoiy viloyati iqtisodiyoti va uning «lokomotivi» bölgan sanoat sohasini yangilaş, qöşimça iş örinlari yaratiş, aholi va budjet daromadlarini jadal oşirişga xizmat qiladi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Yangi korxonada yiliga 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda, 300 ming tonna metanol işlab çiqariladi. Bu mahsulotlarga avtomobilsozlik, töqimaçilik, metallurgiya, kimyo, neft-gaz tarmoqlari, elektr texnikasi va quriliş materiallari işlab çiqarişda talab yuqori. Ular şu paytgaça katta valuta evaziga import qilinardi. Ayniqsa, kiçik biznes sub'yektlari bu masalada juda qiynalardi.
Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol işlab çiqariş majmuasi yurtimiz korxonalarini zarur xomaşyo bilan ta'minlaydi. Şuningdek, har yili 40 million dollarlik mahsulot eksport qiliş rejalaştirilgan. Yangi majmuada 900 dan ziyod iş örni yaratildi.
Davlat rahbari «Navoiyazot» jamiyatidagi uçta yirik investitsiya loyihasini amalga oşiriş oson bölmaganini qayd etdi.
- Har qança qiyin bölsa ham, katta marralarni maqsad qilib qöyib, taşabbus körsatib, fidoyilik bilan mehnat qilsak, albatta ularga erişamiz, - deya ta'kidladi prezident.
Loyiha Xitoyning «China CAMC Engineering Co., LTD» va «HQC Shanghai Company» kompaniyalar konsorsiumi bilan hamkorlikda amalga oşirildi.
Şavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatining salohiyati bundan-da yuqori ekani, ularni işga soliş uçun zarur şaroit va mutaxassislar borligini qayd etdi.
- Sahro bağrida Navoiy va Zarafşon kabi şaharlarni, sanoat mintaqasini barpo etgan viloyatning mehnatkaş, mard va olijanob aholisi yangi Özbekiston rivojiga katta hissa qöşadi, - deya işonç bildirdi davlat rahbari.
Prezident ramziy tugmani bosib, korxonani işga tuşirdi.

Marosimda mehnat faxriylari, yoşlar, xitoylik muhandislar sözga çiqdi.












