Navoiy viloyatining sobiq hokimi, davlat va jamoat arbobi Bahriddin Röziev 76 yoşida vafot etdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev va boşqa davlat arboblari marhumning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
U 1950-yil 23-avgustda Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida tuğilgan. Mehnat faoliyatini Karmana tumani yöl qurilişi birlaşmasida avtoçilangar sifatida boşlagan.
Keyinçalik Toşkent politexnika institutida muhandis-mexanik mutaxassisligi böyiça tahsil olgan. Şuningdek, Moskva ijtimoiy fanlar akademiyasida öqigan.
Bahriddin Röziev köp yillar davomida Navoiy viloyatida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Jumladan, viloyat gazlaştiriş boşqarmasi, hududiy kommunal foydalaniş boşqarmasiga rahbarlik qilgan hamda Konimex tumani hokimi bölib işlagan.
2002-yilda u Navoiy viloyati hokimi etib tayinlangan.
Hokimlik faoliyati davomida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi, sanoat va işlab çiqarişni kengaytiriş, investitsiyalar jalb qiliş, fermerlik harakatini rivojlantiriş hamda eksport salohiyatini oşirişga hissa qöşgan.
Şuningdek, «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasini taşkil etiş va Navoiy xalqaro aeroporti negizida xalqaro logistika markazini barpo qiliş işlarida faol iştirok etgan.
Sönggi yillarda Bahriddin Röziev faxriylar taşkiloti aʼzosi sifatida jamoat işlarida qatnaşib, yoş kadrlarni tarbiyalaş va ularga öz tajribasini yetkaziş bilan şuğullangan.
Marhumning vafoti munosabati bilan eʼlon qilingan hamdardlik bildirişnomasini Şavkat Mirziyoyev, Tanzila Norboyeva, Nuriddin Ismoilov, Abdulla Aripov va Sodiq Turdiev imzolagan.
Bildirişnomada Bahriddin Röziev taniqli davlat va jamoat arbobi, samimiy va kamtarin inson, yoşlarning mehribon ustozi sifatida yodga olingan.













