Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Navoiy viloyatiga taşrif buyurib, «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasidagi loyihalar bilan tanişdi.
Prezident matbuot xizmatiga köra, 2009 yilda taşkil etilgan uşbu erkin iqtisodiy hudud bosqiçma-bosqiç rivojlanib kelmoqda. Prezidentning 2018 yil 5 iyundagi qaroriga muvofiq, uning faoliyati, imkoniyatlari kengaytirilgan edi.
Şavkat Mirziyoyev joriy yil 13 mart kuni hududga taşrifi çoğida butun Navoiy viloyatini erkin iqtisodiy zonaga aylantiriş taşabbusini ilgari surgandi. Keyinçalik, 15 mayda tegişli farmon qabul qilinib, Navoiy viloyati 2030 yil 1 yanvargaça innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yönaltirilgan va import örnini bosadigan işlab çiqarişlar uçun erkin iqtisodiy zona etib belgilandi hamda viloyat hududida şunday loyihalarni amalga oşirayotgan korxonalarga “Navoiy” EIZ iştirokçisi maqomi beriladigan böldi.
Joriy yilning özida mazkur iqtisodiy zona rezidentlari 27 taga köpaydi va jami 66 taga yetdi. Loyihalarning umumiy qiymati 437 million dollardan oşadi. Yana köplab proyektlar ustida iş olib borilmoqda.
Iqtisodiy zonadagi sub'yektlardan biri - «National plast» mas'uliyati çeklangan jamiyat. Umumiy qiymati qariyb 16 million dollar bölgan uşbu korxonada polivinilxloriddan profillar işlab çiqariladi. Joriy yilda 10 ming tonnadan ziyod mahsulot tayyorlangan.
Davlat rahbari mazkur korxonaning iş jarayoni, mahsulotlari sifatini közdan keçirdi. Import örnini bosuvçi tovarlar işlab çiqarişni kengaytirib, aholini arzon va sifatli quriliş materiallari bilan ta'minlaş böyiça körsatmalar berdi.

Prezidentga korxonaning ikkinçi bosqiçi haqida ma'lumot berildi. 2020 yil uçinçi çoragida foydalanişga topşiriladigan uşbu loyiha natijasida 40 ming tonna mahsulot işlab çiqariş, 10 million dollarlik eksport qiliş rejalaştirilgan.
Şavkat Mirziyoyev EIZdagi «Green Line Profil» mas'uliyati çeklangan jamiyat faoliyati bilan ham tanişdi.
Umumiy qiymati qariyb 40 million dollar bölgan mazkur korxona 2018 yilda işga tuşirilgan. 650 ta iş örni yaratilgan. Joriy yilda 18,6 ming tonna mahsulot tayyorlanib, 10 million dollarlik eksport qilingan. Kelgusi yili işlab çiqariş hajmini 22 ming tonnadan oşirib, eksport miqdorini 14 million dollarga yetkaziş rejalaştirilgan.
Davlat rahbari bu yerda işlab çiqarilayotgan mahsulotlar namunalarini közdan keçirdi, ularning sifati va eksport geografiyasi bilan qiziqdi.
- Bugungi kundagi eng muhim vazifa - qöşimça qiymat va iş örinlari, - dedi Şavkat Mirziyoyev. - Har bir sanoat korxonasi zamonaviy texnologiyalar va aql bilan qöşimça qiymat zanjirini yaratişi kerak. Taşqi bozorni örganib, tannarxni tuşiriş evaziga eksportni oşirişga intilişi zarur.















